Artem Datsishin

Artem Datsishin
Tavalludi 26-yanvar 1979-yil
Vafoti 17-mart 2022-yil(2022-03-17)
(43 yoshda)
Kiyev, Ukraina
Fuqaroligi Ukraina
Taʼlimi Kiyev xoreografiya maktabi
Kasbi ballet raqqosi
Mukofotlari Rudolf Nureyev nomidagi xalqaro balet tanlovi

Artem Viktorovich Datsishin (ukraincha: Артем Вікторович Дацишин, 1979- yil 26-yanvar – 2022-yil 17-mart) ukrainalik balet raqqossi va Ukraina Milliy operasi solisti boʻlib, u yerda Chaykovskiyning „Oqqush koʻli“ va Prokofyevning „Romeo va Julyetta“ kabi baletlarda bosh rollarni ijro etgan. Xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan, Yevropa, Shimoliy Amerika va Yaponiyada gastrollarda boʻlgan. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqini paytida rus artilleriyasi zarbasi natijasida halok boʻlgan.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy